News

Reno Medical Co., Ltd. grows together with our customer satisfaction.

NEWS GALLERY

This is news about Joint Venture between Uzbekistan (Tibtexnika LLC) a…

페이지 정보

작성자최고관리자 댓글 0건 조회 1,015회 작성일 19-06-10 12:31

본문



This is news about Joint Venture between Uzbekistan (Tibtexnika LLC) and Korea(Reno Medical Co., Ltd)


There was an opening ceremony at Tibtexnika LLC, Bukhara, Uzbekistan in 2019/11/12, gathering Uzbekistan local governor, government personnel and Korean joint venture companies (Reno Medical, Noanix, Kang and Park and CV Bio). The governor Barnoyev emphasized on partnership between Uzbekistan and Korea and also the importance of people’s healthcare.



66ed1562eb4045f8312128ee0ba47b61_1574158668_6563.jpg


Buxoro shahrida “Tibtexnika” Oʻzbekiston- Janubiy Koreya qoʻshma korxonasi ish boshladi.Janubiy Koreyaning “Vujin Pleimvujin pleim”, “KFM co ltd“, “Naomix Sorporation”, “Osy med co ltd”, “Pinico biomed materials co ltd”, “Reno medical co ltd” kompaniyalari bilan hamkorlikda “Tibtexnika” MCHJ negizida barpo etilgan korxona koronar stendlar, koronar ballonlar va diagnostik kateter va introdyuserlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan.


Loyihaning umumiy qiymati 5,3 mln AQSH dollari miqdorida boʻlib, uning 2,5 mln dollari kredit hisobidan, 1,0 mln dollari tadbirkor mablagʻlari va 1,8 mln dollari xorijiy investorlar hisobidan amalga oshirildi.



66ed1562eb4045f8312128ee0ba47b61_1574158669_0757.jpg



-Mazkur loyiha muhim ijtimoiy ahamiyatga egaligi bilan eʼtiborni oʻziga tortadi,-deydi viloyat koʻp tarmoqli tibbiyot markazining rentgenendovaskulyar xirurgiya boʻlimi jarrohi Gʻulomjon Xolov.- Gap yurak – qon tomir kasalliklarini davolashda stentlash amaliyotini bajarish uchun zarur jihozlar toʻgʻrisida bormoqda.Hozirga qadar bunday jihozlar mamlakatimizga xorijdan keltirilayapti.Tabiiyki, narxi ham baland.Oʻrta Osiyoda yagona boʻlgan ushbu korxonaning ishga tushishi ayni muddaodir.Chunki endilikda kerakli vositalarni chetdan xarid qilishga hojat qolmaydi.Ular narxi ham aholiga maqbul keladi, degan umiddamiz.Shifoxonamizda mana, ikki yildirki, yurak – qon tomir kasalliklarini davolashning zamonaviy usuli qoʻllanilyapti.Biz yiliga oʻrtacha mingga yaqin bemorda tashxislash ishini bajaramiz.Shuning 400 nafariga stentlash jarrohlik amaliyoti oʻtkaziladi. Stentlash vositalarining Buxoroda ishlab chiqarilishi nafaqat ichki ehtiyojni qondirish, balki uni xorijga eksport qilish imkoniyatini ham yaratmoqda.


-Bizning asosiy maqsadimiz yurak xastaliklari, oshqozon – ichak kasalliklarini davolashda samarali usul sanalgan stentlash amaliyoti uchun kerakli tibbiy buyumlar ishlab chiqarishdir,-deydi Janubiy Koreyaning “SVBIO” kompaniyasi prezidenti Yang Te Li.-Bu korxonada yiliga oʻrtacha 10 mingta shunday jihoz ishlab chiqarish koʻzda tutilgan.Biz oʻzbekistonliklar bilan shu yoʻnalishda hamkorlik qilayotganimizdan mamnunmiz.



66ed1562eb4045f8312128ee0ba47b61_1574158669_1864.jpg



Loyihaning ishga tushirilishi natijasida 84 tayangi ishchi oʻrinlari yaratilayapti.Taʼkidlanganidek,6 turdagi tibbiy buyumlar (koronar stend, koronar ballon, koronar oʻtkazgich, diagnostik kateter, introdyuser, diagnostik oʻtkazgich) ishlab chiqarilishi yoʻlga qoʻyilayapti.Yurak ishemik kasalligi bilan kasallangan bemorlarni kardiointervension usulda davolash imkoniyati kengaymoqda.


Muassasaning toʻla quvvat bilan ishlashi natijasida yiliga 12 million AQSH dollari miqdoridagi tibbiyot buyumlarini eksport qilish imkoniyati paydo boʻladi.Loyihaning yana bir nozik jihati shundaki, bunday tibbiy buyumlar zargarona mehnat mahsuli sanaladi.


Korxonaning Janubiy Koreyaning bir qator kompaniyalari rahbarlari hamda soha xodimlari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari ishtirokida oʻtgan tantanali ochilish marosimida ana shular haqida atroflicha soʻz yuritildi.


Tadbirda soʻz olgan viloyat hokimi Oʻ. Barnoyev ikkala davlat oʻrtasida barcha tarmoqlarda hamkorlik aloqalari izchil rivojlanayotganini taʼkidladi va inson salomatligi bilan bogʻliq bu loyihaning ijtimoiy ahamiyati xususida toʻxtaldi.


Istam IBROHIMOV,

“Xalq soʻzi” muxbiri.